muQobilEdu

Maktab to‘lovlari bir joyda: kim to‘ladi, kim qarz — darhol ko‘rinadi

muQobilEdu xususiy maktablar uchun. Oylik to‘lovni o‘zi hisoblaydi, ota-onaga Telegram’da chek va eslatma yuboradi, direktor esa yig‘ilgan pul va qarzni bir sahifada ko‘radi.

Birinchi 30 kun bepul. Hech narsa o‘rnatish shart emas: kompyuter brauzeri va Telegram yetarli.

Ota-onaning Telegram’i

✅ To‘lov qabul qilindi

Ziyo xususiy maktabi

O‘quvchi: Karimova Nilufar (ID 1057)

Summa: 2 500 000 so‘m (Naqd)

Nima uchun: Noyabr 2026

Qabul qildi: Dilshod Ergashev

Qarz yo‘q.

14:32
Direktorning ekrani
Noyabr 202678% yig‘ildi
Yig‘ildi
412 mln
Reja
528 mln
Muddati o‘tgan
38 o‘quvchi

Tanish holatmi?

Har kim o‘z ishini qiladi

Kompyuterda bitta administrator ishlaydi. Pul yig‘uvchilar va ota-onalar — Telegram’da.

Administrator

kompyuterda

  • To‘lov qabul qiladi, chek chop etadi
  • Oylik hisoblash o‘zi yoziladi: chegirma, yotoqxona va oy o‘rtasida kelganlar bilan
  • Qarzdorlarga bitta tugma bilan eslatma yuboradi
  • Oyni yopadi — o‘tgan oy endi o‘zgarmaydi

Mas’ullar

Telegram botda

  • O‘quvchini ID yoki ism bilan topadi — lotin yoki kirill harfida
  • Naqd yoki karta to‘lovni yozadi, chek ota-onaga darhol boradi
  • Qo‘lidagi naqd pulni administratorga sanab topshiradi

Ota-onalar

Telegram botda, o‘zbek yoki rus tilida

  • Qarz, to‘lovlar tarixi va chegirmalarni ko‘radi
  • Har to‘lovdan keyin chek oladi
  • Muddat yaqinlashsa — eslatma; Telegram’i yo‘qqa SMS

Direktor

bitta sahifada

  • Oy rejasi, yig‘ilgan pul va qarz — bitta chiziqda
  • Sinflar bo‘yicha qarz, kassa va oylik hisobotlar
  • Hamma hisobot Excel’ga chiqadi

Bir kunda ishga tushadi

  1. Ro‘yxatni yuklaysiz. Excel’dagi o‘quvchilar ro‘yxati o‘z holicha yuklanadi — ustunlarni tizim o‘zi taniydi.
  2. Narxlarni kiritasiz. Har sinfning oylik narxi — bitta jadvalda. Hisoblash o‘zi boshlanadi.
  3. Ota-onalarga havola berasiz. Maktab havolasi, QR plakat va har o‘quvchiga ID varaqasi tayyor turadi.

Narxlar

Maktabdagi o‘quvchilar soniga qarab. Hamma imkoniyat har bir tarifda bor. 12 oyni oldindan to‘lasangiz — 10 oy narxida.

Start

400 000 so‘m oyiga

150 o‘quvchigacha

Standart

800 000 so‘m oyiga

400 o‘quvchigacha

Pro

1 400 000 so‘m oyiga

1000 o‘quvchigacha

Tarmoq

Kelishiladi

Bir nechta filial yoki 1000 dan ortiq o‘quvchi

Ma’lumot — maktabniki

Demo so‘rang

Maktabingizga borib ko‘rsatamiz yoki 20 daqiqalik onlayn tanishtiruv o‘tkazamiz. Maktabingiz ma’lumotlari bilan sinab ko‘rish — 30 kun bepul.

Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri: +998 99 050 25 59, @Developer_5710